Jahon | 09:56 / 03.01.2021
5094
1 daqiqa o‘qiladi
Nigerda jangarilar hujumi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi
Nigerning Mali chegarasi yaqinida joylashgan ikki qishlog‘iga jangarilar hujum qilishi oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, oxirgi vaqtda jangarilar tinch aholiga ularni qo‘llab-quvvatlamasa, yo‘q qilish bilan tahdid qilib kelgan.
E'tiborlisi, hujum sodir etilgan kuni mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichi dastlabki natijalari e'lon qilingandi. Saylovlarda hukmron partiyadan Muhammad Bazum yetakchilik qilmoqda. Saylovlarning 2-bosqichi fevralda o‘tishi belgilangan. Bu saylovlar Niger tarixida hokimiyat demokratik saylangan bir prezidentdan ikkinchisiga o‘tadigan birinchi saylovlar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
14:55 / 12.08.2024
Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
15:53 / 09.08.2024
Kiyev: Niger rasmiylarining Ukrainaga qarshi ayblovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
07:31 / 07.08.2024