Jahon | 19:48 / 22.01.2021
14378
1 daqiqa o‘qiladi

Tixanovskaya navbatdagi prezident saylovida qatnashmasligini aytdi

Svetlana Tixanovskaya Belarusni 2020 yil 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan bir necha kun keyin tark etgandi.

Foto: AP Photo / Mindaugas Kulbis

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakat prezidentligi uchun navbatdagi saylovda qatnashmasligini ma'lum qildi.

"Ilgari norozilarga qarshi jismoniy zo‘ravonlik ishlatilardi. Hozir qamoqxonalarda nafaqat siyosiy mahbuslar, balki ayblov e'lon qilinmagan odamlar ham yotibdi. Ularni qiynoqqa solmayotgan bo‘lishlari mumkin, ammo ular qamoqda har kuni azob chekishmoqda" – dedi u Tallinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Tixanovskaya shuningdek, navbatdagi saylovda ishtirok etmasligini bildirdi.

Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi OAV erkinligi to‘g‘risida BMT xavfsizlik kengashining virtual yig‘ilishida qatnashish uchun juma kuni Tallinga keldi.

Tixanovskaya Belarusni 2020 yil 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan bir necha kun keyin tark etgandi.

Mavzuga oid