O‘zbekiston | 13:15 / 23.01.2021
7489
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi

Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.

Qayd etilishicha, yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilib, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib, zaruriy choralar ko‘rildi.

Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.

Haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarish so‘ralgan.

Mavzuga oid