Fan-texnika | 16:15 / 24.01.2021
13108
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Hordiq chodirlarining yangi avlodi

Tesla va SpaceX'ning sobiq xodimlari asos solgan kompaniya shahar tashqarisida hordiq chiqarish uchun zamonaviy yig‘ma chodirlarni taqdim etdi.

Foto: jupe.com

Shaharlardagi doimiy shovqindan charchab, tabiat qo‘ynida dam olishni istovchilar uchun g‘aroyib Jupe chodirlari taqdim etildi.

Bu chodirning o‘ziga xos nimasi bor? Tesla va SpaceX'ning sobiq xodimlari ishlab chiqqanidan tashqari, narxi ancha mo‘'tadil – 99 AQSh dollari.

«Jupe – yulduzlardan ilhom olib, shahar tashqarisida o‘zgacha hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan maskan. Bu tashqi olamga darchadir», deya tavsiflaydi mualliflar o‘z favqulodda ixtirolarini.

Tovar qulay va yassi qadoqda yetkazib beriladi, uni jonli tabiatning istalgan nuqtasiga avtomobilda olib yurish mumkin. Boshpananing balandligi 3,35 metr, umumiy maydoni 10,3 kvadrat metr.

Jupe alyuminiy reykalar va yong‘inga chidamli yuqori sifatli matodan tashkil topgan. Uning o‘ziga xos shakli kimgadir qirralangan olmosni eslatadi, kimdir esa fazoviy kemani ko‘radi. Qulaylik to‘liq bo‘lishi uchun pol Baltika qayinidan yasalgan.

Shuningdek, komplektda ikki kishilik to‘shak, bejirim diod chiroq va boshqa bir necha kichik buyumlar bor. Fasad tarafdan tabiat go‘zalliklari yoki tungi osmondagi yulduzlardan bahra olish uchun deraza ochiladi.

Albatta, Jupe doimiy yashash uchun mo‘ljallangan joy yo uycha emas. Lekin chodir uchun a'lo sharoitga ega.

Ixtiro qilingan mahsulotga qarab turib, Tesla va SpaceX xodimlari ofisdagi ishlardan qanchalar charchaganini ko‘rish mumkin. Mualliflar prezentatsiyalarda Jupe shahardan narida dam olish uchun ular yaratgan chodir qanchalar qo‘l kelishini ta'kidlashdan charchashmaydi.

Jupe'ga qarab, ularning fikriga qarshi chiqish dushvor. Qiziqarli matohni olib, qisqa muddatli dam olishga chiqqan odam ob-havo injiqligini o‘ylamasa ham bo‘laveradi.

Mavzuga oid