IIB va DXX Kattaqo‘rg‘onda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘ydi
2021 yil 8 fevral kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
“Postda” nashri xabariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar Do‘st Ishbekov ko‘chasida yashovchi, 1980 tug‘ilgan fuqaro M.F. pul evaziga xo‘rozlarni urishtirish uchun maxsus joy - “Arena” tashkil qilib, xo‘roz urishtirish uchun kelgan har bir fuqarodan 10 ming so‘m miqdorda pul olib kelganligi aniqlandi.
“Arena”da jami 3 nafar fuqaro o‘zining xo‘rozlarini urishtirish uchun olib kelgani, 70ga yaqin fuqarolar esa tomoshaga kelgani aniqlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda 3 nafar fuqaroning cho‘ntaklaridan "marixuana" giyohvandlik moddalari topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davomida 51 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
07:48 / 12.09.2023