Jahon | 15:01 / 10.02.2021
11289
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda bir kun ichida ikki marta mer tayinlandi

Ermek Nurgaziyev ushbu lavozimga seshanba kuni tayinlangan, shu kuni Bishkek meri vazifasini bajaruvchi Balbak Tulobayev iste'foga chiqqandi.

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov mamlakat poytaxti meri vazifasini bajaruvchini tayinladi.

"Baktibek Kudaybergenov yangi mer saylangunga qadar Bishkek shahri meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", - deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

Maripov yana bir farmoyishi bilan "Ermek Nurgaziyevni Bishkek shahri meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror" bekor qilindi.

Nurgaziyev ushbu lavozimga seshanba kuni tayinlangan, shu kuni Bishkek meri vazifasini bajaruvchi Balbak Tulobayev iste'foga chiqqandi. 10 fevral kuni mamlakat ommaviy axborot vositalarida Nurgaziyev qator jinoiy ishlarga aloqadorligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov shu zahoti bunday kadrlar siyosatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqdi.

O‘tgan yil oktyabrida prezident Sooronbay Jeenbekovning iste'fosidan keyin Bishkek meri vazifasiga bir necha kishi tayinlandi. Tulobayev bu vazifada hammadan ko‘p, ikki oydan ortiqroq ishladi.

Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, merlarni shahar kengashlari deputatlari saylaydi. Bishkek shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bahorda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid