O‘zbekiston | 22:06 / 13.02.2021
29618
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokurorning sobiq 1-o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Prezident Administratsiyasi rahbarining qaroriga asosan, Abduhalim Xolmahmatov Prezident Xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xolmahmatov bir yildan buyon bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Kecha, 12 fevral kuni uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Bahriddin Valiyev tayinlandi.

Xalq qabulxonalari tizimi Abduhalim Xolmahmatov uchun begona emas: 3-darajali davlat adliya maslahatchisi Bosh prokuraturaga ishga o‘tishidan oldin Prezidentning Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid