Jamiyat | 21:29 / 02.03.2021
5428
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shrabotda SES binosini qurish va ta'mirlashda talon-torojlik fosh etildi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosini qurish va ta'mirlash davomida qurilish korxonasi bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali katta miqdordagi mablag‘ni talon-toroj qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «O.S.» MChJ rahbari va boshqalar Qo‘shrabot tumanidagi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 281,2 million so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan «O.S.» MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid