Dunyoni 2030 yilga borib suv tanqisligi muammosi kutmoqda - YuNeSKO
2030 yilga borib dunyo suvning global tanqisligiga to‘qnash keladi. YuNeSKOning 22 martda nishonlanadigan Butunjahon suv kuni munosabati bilan chiqargan har yillik ma'ruzasida aytilishicha, pandemiya sababli yuzaga kelgan hozirgi sanitar inqiroz ortida Yer aholisini gigiyenik ehtiyojlarni qondirish uchun suv bilan ta'minlash muammosi “har qachongidan dolzarb hisoblanadi”.
YuNeSKO bosh direktori Odre Azulening aytishicha, dunyo aholisi 2030 yilga kelib 40 foiz miqdorida suv tanqisligiga to‘qnash keladi. Suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat boshqa global muammolar, jumladan pandemiya oqibatlari sababli yanada og‘irlashadi.
Azule davlatlar suv zaxiralarini saqlab qolish uchun yetarlicha sa'y-harakatlarni amalga oshirmayotgani va bu zaxiralarning qiymatini to‘g‘ri baholash masalasi tobora o‘tkir muammo bo‘lib borayotganini ta'kidlab o‘tgan.
“Suv bizning eng bebaho zaxiramiz, “moviy oltin”dir. Hozirda 2 mlrd kishi undan erkin foydalana olmaydi. U nafaqat omon qolish uchun zarur, balki jamiyatda sanitar, ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ega”, deb ta'kidlab o‘tgan Azule.
Ma'ruza mualliflarining ta'kidlashicha, suv qiymatini nafaqat uning bozor narxi, balki uning tarqatilishi olib keladigan naflarni hisobga olib baholash lozim. Biroq hozirda bunday baholashni o‘tkazish uchun umum tan olingan model mavjud emas.
YuNeSKO rahbari bu boradagi siyosatni yuritish yo‘llarini belgilab olish uchun suv zaxiralarining turli jihatlarini ko‘rib chiqishga imkon beruvchi kompleks yondashuvni ishlab chiqishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024