O‘zbekiston | 10:08 / 29.03.2021
40614
1 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Toshkentda bir kunda 164 kishida kasallik aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 28 mart kuni O‘zbekistonda yana 200ga yaqin yangi kasallanish holatlari aniqlangani haqida xabar berdi. Shundan 164 holat Toshkent shahrida qayd etildi. Ikki ko‘rsatkich ham yil boshidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
«2021 yil 28 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82536 (+196) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 14 nafari Toshkent viloyatida,
- 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 8 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 15 nafar,
- Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80667 (+144) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1243 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022