Jahon | 13:20 / 30.03.2021
9503
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda avj olgan bolalar poliomiyeliti sabablari ma'lum qilindi

Tojikiston SSV vakili ma'lumotlariga ko‘ra, kasallikning avj olishiga o‘z vaqtida o‘tkazilmagan emlash ishlari yoki uning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining sanitariya-epidemiologik xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Navro‘z Jafarov mamlakatda o‘tkir yuqumli poliomiyelit (bolalardagi miya yarim falaji) kasalligi avj olish sabablarini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning avj olishiga o‘z vaqtida o‘tkazilmagan emlash ishlari yoki uning yo‘qligi sabab bo‘lgan. Jafarov virus ko‘proq emlanmagan bolalarda uchrayotganini qayd etgan.

Kerakli emlashlarni o‘z vaqtida olish uchun mamlakatda yuqumli kasalliklarga qarshi milliy emlash taqvimi mavjud, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. Taqvimga kiritilgan emlashlar bolalarni tug‘ilishidan olti yoshgacha infeksiyalardan himoya qiladi.

«O‘z vaqtida emlanmagan bolalar poliomiyelit nishoni va mamlakat bo‘ylab xavfli kasallik tashuvchilari bo‘lishdi», — dedi Jafarov.

SSV vakili bugungi kunda Tojikistonda shunga o‘xshash yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish strategiyasi borligini aytib o‘tgan.

Avvalroq Tojikistonda bolalar poliomiyeliti avj olgani sabab favqulodda holat e'lon qilingani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid