JICA qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» hamda «Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Prezidentning 2020 yil 22 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining kreditlari quyidagi shartlarda jalb etiladi:
«O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasi doirasida 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,01 foizda 15,0 mlrd yapon iyenasi miqdorida;
«Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi bo‘yicha 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR + 1,1 foizda 195,0 mln AQSh dollari miqdorida.
Qaror bilan ikkala loyiha bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foiz va bir martalik to‘lov bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi.
Moliya vazirligi loyihalarni amalga oshirish, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha mas'ul etib tayinlandi.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
10:19 / 25.12.2024
Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024