Jizzaxda 102 yoshli momo koronavirusga qarshi emlandi
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 102 yoshli momo koronavirusga qarshi emlangan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jizzax viloyatida ham koronavirusga qarshi emlash ishlari izchillik bilan davom etmoqda. Yaqinda Zarbdor tumanidagi «Oqar» mahalla fuqarolar yig‘ini, Bahor ko‘chasida yashovchi 1919 yilda tug‘ilgan Suymaxol momo Zulimova ham koronavirusga qarshi emlangan.
— Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Do‘xtirlar doimiy holimdan xabar olib turadi. Nojo‘ya ta'sirini sezmadim. Iloho, yurtimiz doim tinch, yurtboshimiz omon bo‘lsin. Bu balo-yu ofatlardan tezroq xalos bo‘laylik, — deydi Suymaxol momo duoga qo‘l ochib.
Qayd etilishicha, ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 11 514 nafar kishi emlangan. Shu kungacha emlanganlardan vaksinaning nojo‘ya ta'siri haqida shikoyatlar tushmagan.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024