Haydovchi YPX xodimiga pora berayotgan vaqtda qo‘lga olindi
10 aprel kuni soat 18:00 larda, Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori A.Mo‘minov Quva tumani, Dehqonobod qishlog‘i hududida, "Tiko" rusumli avtomobil haydovchisi, 1990 yilda tug‘ilgan I.A.ga nisbatan mastlik holatida avtomobil boshqarganligi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.
Shundan so‘ng, 13 aprel kuni fuqaro I.A. rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomani tegishli tartibda sudga taqdim etmaslik hamda avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga xodimga 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.
YPX katta inspektori viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.A. Quvasoy shahar IIB YHXB binosi yonida YPX katta inspektori A.Mo‘minovga 1.000.000 (bir million) so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Avvalroq Qo‘shtepa tumanida chora ko‘rmaslik va avtomobilini jarima maydonidan olib chiqish evaziga xodimga 100 AQSh dollar pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024