Jahon | 15:27 / 22.04.2021
11577
1 daqiqa o‘qiladi

Marsda ilk marta kislorod ishlab chiqarildi

 Qurilma 5,4 gramm kislorod olishga erishgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashiga ko‘ra, bu insonning o‘n daqiqa nafas olishi uchun yetarli bo‘ladi.

Foto: NASA / JPL-Caltech/MSSS

Perseverance roveri bortidagi tajriba qurilmasi Marsda kislorod ishlab chiqardi. Bu haqda NASA xabar berdi.

MOXIE qurilmasi uglerod dioksidi molekulalaridan kislorod atomlarini ajratib oladi va atmosferaga chiqaradi.

Xabarda aytilishicha, 5,4 gramm kislorod olishga erishilgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashiga ko‘ra, bu insonning o‘n daqiqa nafas olishi uchun yetarli bo‘ladi.

Qayd etilishicha, qurilma bir soatda o‘n grammgacha kislorod ishlab chiqaradi.

Marsda atmosfera bosimi Yerdagidan 170 marta kichik bo‘lib, buning natijasida Qizil sayyorada is gazi miqdori 95 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.

 Perseverance roveri Marsga 19 fevralda qo‘ngandi.

Mavzuga oid