Sport | 14:45 / 26.04.2021
9540
2 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylandi

PFL, Volkswagen hamda Uzreport TV o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi.

«Mashhur Volkswagen brendi sport, xususan, futbol ommaviyligini oshirishda dunyo miqyosida qator yirik loyihalarni amalga oshirib keladi.

O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan Volkswagen brendi yurtimizda sport targ‘iboti yo‘lida yirik loyiha boshlamoqda. Jumladan, Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylanmoqda.

UzReport Pro liganing media va tijorat huquqlari bo‘yicha ham O‘zbekiston Professional futbol ligasi bilan hamkorlik qilishidan xabaringiz bor. Bugun PFL, Volkswagen hamda Uzreport TV o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Endilikda Pro liga tarixda ilk bor o‘z homiysiga ega bo‘ldi. 

Imzolangan uch tomonlama shartnomaga ko‘ra dunyoga mashhur Volkswagen brendi mamlakatimiz futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Jumladan, Volkswagen Pro ligaga oid barcha translatsiyalar, tadbir va uchrashuvlar davomidagi tijoriy bannerlar, reklama roliklari hamda media mahsulotlari orasidan joy egallaydi.

Umid qilamizki, Volkswagen bilan mazkur hamkorlik O‘zbekiston futboli rivoji yo‘lidagi yana bir dadil qadam bo‘la oladi», deyiladi PFL xabarida.

Mavzuga oid