O‘zbekiston | 12:07 / 29.04.2021
13934
1 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Toshxo‘jayev Davlat personallashtirish markazi direktori etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori tayinlandi

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 252-son qarori bilan Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimini egalladi.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev bundan oldin O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U 2021 yil yanvar oyi oxirlarida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Prezidentning 29 yanvardagi farmoni bilan Doniyor Qodirov ichki ishlar vazirining transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida Ulug‘bek Toshxo‘jayevni almashtirdi.

Mavzuga oid