O‘zbekiston | 14:38 / 06.05.2021
2378
1 daqiqa o‘qiladi

DXA To‘raqo‘rg‘onda sayyor xizmat ko‘rsatdi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining Porloq, Quymazor, Yortepa mahallalarida sayyor xizmat ko‘rsatildi.

Sayyor qabulda uy-joy, kadastr, kommunal sohaga doir 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 12 tasi o‘z joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida aholi hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga sayyor xizmat ko‘rsatildi. Unda tumandagi 39-umumta'lim maktabi bitiruvchilariga DXMlardagi xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron raqamli imzo kalitlari olib berildi. Shu kuni 65 nafar o‘quvchiga elektron raqamli imzo kalitlari olib berilgan bo‘lsa, yana 20 nafar fuqaroga farzandini bog‘chaga navbatga qo‘yish, nafaqa va pensiya miqdorini aniqlash, kadastr pasportini shakllantirish hamda kommunal sohaga doir xizmatlar ko‘rsatildi.

Mavzuga oid