O‘zbekiston | 10:08 / 10.05.2021
4360
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

Joriy yilning 8 may kuni hukumatning «Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi, deyiladi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabarida.  

Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

2022 yil 1 dekabrgacha tumanning ma'muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Mavzuga oid