Namangan-Chortoq oralig‘ida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
Temir yo‘l ko‘prigi ta'mirlanishi sababli Namangan—Chortoq yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.
Namangan viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, Namangan viloyati hududida joylashgan Namangan—Chortoq bekatlari oralig‘idagi 108 km 7-piketda joylashgan Chortoqsoy temir yo‘l ko‘prigida temir-beton ko‘prigini qayta ta'mirlash munosabati bilan mazkur bekatlar oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Toshkent — Namangan — Andijon yo‘lovchi poyezdlar qatnovi Toshkentdan Namangangacha va Qo‘qon — Namangan — Andijon shaharlararo elektropoyezdi Namangan bekatigacha qo‘yilishi hamda yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarning shakllantirish rejasiga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritilishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024