O‘zbekiston | 21:05 / 22.05.2021
10943
5 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar Kun.uz'ni «Yil brendi» deya e'tirof etdi

O‘zbekistonda 2020 yilning eng yaxshi brendlari e'lon qilindi.

Bugun, 22 may kuni Toshkentda «MAKON Marketing Forum 2021» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziya ekspertlari o‘z shaxsiy tajribalari va biznes uchun murakkab vaqtda o‘z ishlarini qanday rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.

«Forumning asosiy vazifasi – yilda bir marta real tajriba va bilimlarga ega mahalliy va xorijiy ma'ruzachilar o‘z real keyslari, o‘tgan yildagi kuzatuvlarini bizning eng faol marketologlarimiz va tadbirkorlarimiz bilan baham ko‘rishlari uchun professional maydon yaratish», – dedi Milliy marketing markazi raisi, forum tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov.

Forumda ma'ruzachilar chiqishlari «MAKON Marketing» YouTube-kanali orqali jonli efirga uzatib borildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi o‘tgan tadbir yakunida IV «2020 yil brendi» mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

To‘rtinchi yildirki, O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatli marketingi uchun o‘tgan yil davomidagi eng faol kompaniya va tashkilotlar «Yil brendi» sovrini bilan taqdirlanib kelmoqda. G‘oliblar iste'molchilar va ekspertlar orasida to‘plangan ovozlar asosida aniqlanadi.

Kun.uz sayti to‘rtinchi marta «Yangiliklar – internet saytlari» toifasida iste'molchilar talqiniga ko‘ra «Yil brendi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Ushbu nominatsiyaning forum ekspertlari talqinidagi g‘olibi deya Gazeta.uz sayti e'tirof etildi.

Ovozga qo‘yilgan brendlar 24 xil toifaga ajratilgan. Iste'molchilar o‘rtasidagi ovoz berish 16 apreldan 14 maygacha Telegram-botda o‘tkazilib, unda 200 mingdan ziyod iste'molchi qatnashdi. Parallel ravishda Milliy marketing markazi hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida o‘tgan so‘rovda esa 160dan ziyod respondent ishtirok etdi.

O‘zbekistonda 2020 yil brendlari

Energetik ichimliklar

Iste'molchilar tanlovi: FLASH
Ekspertlar tanlovi: ADRENALIN RUSH

Shirin-gazlangan ichimliklar

Iste'molchilar tanlovi: Coca Cola
Ekspertlar tanlovi: Coca Cola

Mineral ichimlik suvi

Iste'molchilar tanlovi: Hydrolife
Ekspertlar tanlovi: Montella

Kir yuvish vositalari

Iste'molchilar tanlovi: Ariel
Ekspertlar tanlovi: Persil

Qandolat mahsulotlari

Iste'molchilar tanlovi: Nestle
Ekspertlar tanlovi: Mars

Kolbasa mahsulotlari

Iste'molchilar tanlovi: Rozmetov
Ekspertlar tanlovi: Promeat

Qahvaxonalar

Iste'molchilar tanlovi: Safia Café & Bakery
Ekspertlar tanlovi: Chaykof

Restoran va kafelar

Iste'molchilar tanlovi: EVOS
Ekspertlar tanlovi: EVOS

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchilar

Iste'molchilar tanlovi: Express 24
Ekspertlar tanlovi: Express 24

Maishiy texnika

Iste'molchilar tanlovi: Samsung
Ekspertlar tanlovi: Samsung

Bo‘lib to‘lash va kredit shartlari asosida maishiy texnika sotuvchi do‘konlar

Iste'molchilar tanlovi: Ishonch
Ekspertlar tanlovi: Texnomart

Yengil avtomobillar

Iste'molchilar tanlovi: Chevrolet
Ekspertlar tanlovi: Hyundai

Sug‘urta kompaniyalari

Iste'molchilar tanlovi: Gross Insurance, O‘zbekinvest
Ekspertlar tanlovi: Gross Insurance

To‘lov tizimlari

Iste'molchilar tanlovi: Payme
Ekspertlar tanlovi: Apelsin

Chet tillarini o‘rgatuvchi o‘quv markazlari va kurslar

Iste'molchilar tanlovi: Everest Academy
Ekspertlar tanlovi: Cambridge Learning Centre

Biznes kurslar

Iste'molchilar tanlovi: Najot Ta’lim
Ekspertlar tanlovi: Alpha Education

Bank xizmatlari

Iste'molchilar tanlovi: Hamkorbank
Ekspertlar tanlovi: Kapitalbank

Oliy ta'lim muassasalari

Iste'molchilar tanlovi: Yodju texnika instituti, Qo‘qon universiteti
Ekspertlar tanlovi: Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti

Mobil operatorlar

Iste'molchilar tanlovi: Beeline
Ekspertlar tanlovi: Humans

Internet provayderlar

Iste'molchilar tanlovi: Uzonline
Ekspertlar tanlovi: Sarkor Telecom

Yangiliklar saytlari

Iste'molchilar tanlovi: Kun.uz
Ekspertlar tanlovi: Gazeta.uz

Xususiy tibbiyot markazlari

Iste'molchilar tanlovi: Akfa Medline
Ekspertlar tanlovi: Akfa Medline

Developerlar

Iste'molchilar tanlovi: Murad Buildings
Ekspertlar tanlovi: Golden House

Oziq-ovqat chakana savdosi

Iste'molchilar tanlovi: Korzinka.uz
Ekspertlar tanlovi: Korzinka.uz

Alohida nominatsiyalar

O‘zbekiston marketingini qo‘llab-quvvatlagani uchun:
Akfa Group

Ijtimoiy yo‘nalishda eng yaxshi faoliyat olib borgan bank:
Kapitalbank

Shahar ichida shahar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yetakchi:
MJ Developers

O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2020 yildagi yetakchisi:
O‘zbekinvest

O‘zbekistonda marketing rivojiga qo‘shgan hissasi uchun:
Hasan va Husan Mamasaidovlar (MFaktor loyihasi)

Yil shaxsi (Marketing.uz talqinida):
Samir Axmetzyanov (strategik marketing mutaxassisi)

Yil kashfiyoti:
Havas diskaunterlar tarmog‘i

2020 yilgi pandemiya davrida eng yuqori ijtimoiy mas'uliyati uchun:
HAYAT Medical Centre

Mavzuga oid