Jahon | 23:42 / 24.05.2021
5491
1 daqiqa o‘qiladi

Kuala-Lumpur metrosida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 166 kishi jarohat oldi

Foto: Malay Mail

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur metrosida ikkita poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 166 kishi jabrlandi. Ulardan 47 nafari og‘ir ahvolda, deb xabar berdi Malay Mail nashri.

Malayziya transport vaziri Vi Ka Sionning ma'lum qilishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:33da yuz bergan. Poyezdlardan biri yo‘lovchilarni olib ketayotgan, ikkinchisi esa sinov rejimida ishlagan va bo‘sh bo‘lgan. Transport vazirining ta'kidlashicha, to‘qnashuv vaqtida birinchi poyezdda 232 yo‘lovchi bo‘lgan.

Og‘ir jarohat olgan 47 kishi shifoxonaga jo‘natilgan. Qolgan yo‘lovchilarga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

To‘qnashuv sabablari hozircha noma'lum.

Mavzuga oid