Toshkent va Moskva O‘zbekistonda «Sputnik V»ni ishlab chiqarishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Rossiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma'lum qildi.
Murashko tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidentining topshiriqlari doirasida «Sputnik V» ishlab chiqarilishini O‘zbekistonda mahalliylashtirishga kelishib oldik», deb ma'lum qilgan Murashko uchrashuv natijalariga ko‘ra.
Rossiyalik vazir O‘zbekiston Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun maydoncha tanlaganini, loyiha ustida ishlar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston 23 aprelda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasini, 27 aprelda esa yana bir partiyasini olgan edi.
O‘zbekistonda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:43
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024