Britaniyalik olim COVID-19 Uhanda yaratilganiga dalillar keltirdi
Britaniyalik olim o‘z tadqiqotida COVID-19 o‘zining tabiiy ajdodiga ega emas va xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, keyinchalik izlarni yo‘qotish uchun «retro-injyeneriya» yordamida uning ko‘rshapalakdan odamga o‘tgandek qilib ko‘rsatilgani haqida aytdi.
DailyMail nashri britaniyalik olim Angus Dalglish tomonidan Quarterly Review of Biophysics Discovery ilmiy nashrida chop qilinishi uchun yuborilayotgan maqola tahririyat ixtiyoriga yetib kelgani haqida xabar berdi. Tadqiqotda bildirilishicha, COVID-19 namunalarida unikal «barmoq izlari» mavjud bo‘lib, u faqatgina laboratoriyada o‘tkazilgan manipulyatsiyalar natijasida vujudga kelgan. Tadqiqot bo‘yicha funsionallikni oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar jarayonida SARS-CoV-2 virusi Xitoy olimlari tomonidan yaratilganiga dalillar bor.
AQShda vaqtincha man qilingan Gain of Function tadqiqoti tabiiy viruslarni o‘zgartirib, uning insonga potensial ta'sirini o‘rganish maqsadida uning yuquvchanligini oshirishni o‘z ichiga olgan.
Tadqiqotda aytilishicha, Xitoy olimlari Xitoy g‘or ko‘rshapalaklarida topilgan tabiiy virusning «asosi»ni olib, unga yangi «tikan»ni joylashtirishgan va uni qotil COVID-19ga aylantirishgan.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar Xitoy olimlari «ishonchli ajdodiga ega bo‘lmagan» yangi virusni yaratib qo‘yganliklarini yashirish uchun eskisi versiyalarni rekonstruksiya qilishganini aniqlashgan.
«Biz retro-injyeneriyali virus yaratilgan deb hisoblaymiz. Ular virusni o‘zgartirishgan, keyin bir necha yil avvalgi qilingan ishlar ketma-ketligini aniqlashga urinishgan», – deydi Dalglish DailyMail nashriga.
Tadqiqotda Xitoy laboratoriyalarida «ma'lumotlar atay yo‘q qilingani, yashirilgani» va «o‘z xulosalarini bildirishni istagan Xitoy olimlari buni qila olmaganliklari yoki yo‘qolib qolganliklari» aytiladi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:27 / 24.10.2021
Uhan marafoni koronavirus sababli oxirgi lahzalarda bekor qilindi
00:02 / 18.09.2021
Xitoylik huquq himoyachisi koronavirus rasman e'lon qilingandan bir necha hafta oldin paydo bo‘lganini aytdi
11:24 / 05.08.2021