O‘zbekiston | 07:55 / 14.06.2021
10873
3 daqiqa o‘qiladi

Transport vositalaridan utilizatsiya yig‘imini undirish tartibi tasdiqlandi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasi 09.06.2021 yildagi “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 358-son qarorni qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasining "G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida" 2020 yil 2 iyundagi 347-son qaroriga muvofiq utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yig‘imlarini yig‘ish, hisoblash, to‘lash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yig‘imining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
  • transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yig‘ish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
  • transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
  • transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida to‘lovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi.

Utilizatsiya yig‘imini to‘lash to‘g‘risidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish yo‘li bilan to‘lovchilarga yetkaziladi.

Transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda utilizatsiya yig‘imi transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning o‘zida to‘lanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid