Jahon | 18:36 / 15.06.2021
10395
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev bilan birga Shushaga bordi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Ozarboyjonga bordi. U Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Qorabog‘ uchun urushlar vaqtida qaytib olingan muhim shahar Shushaga bordi. U Qorabog‘ markazi Xonkeldidan 10 km uzoqda joylashgan.

Turkiya yetakchisi ikki kun davomida Ozarboyjonda bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu vaqtda Turkiya va Ozarboyjon o‘rtasida ikki mamlakat munosabatlari tarixida eng kattalaridan biri bo‘lishi kutilayotgan kelishuv imzolanadi.

«Bu tashrif Turkiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilaydi. Kavkaz tarixi ishonch va mardlik bilan yozilishi kerak», degan Turkiya prezidenti rasmiy vakili Ibrohim Kolin.

Erdo‘g‘anni Shushada tantanali kutib olindi va shahar bo‘ylab Aliyev bilan birga aylandi. U Shushada Turkiya konsulligi ochilishini ma'lum qildi. Shuningdek, Erdo‘g‘an Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilishini aytdi.

Mavzuga oid