O‘zbekiston | 11:29 / 21.06.2021
3578
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda fuqaroning uy-joyi yonib ketdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida fuqaroning uy-joyi yonib ketgan. Oqibatda xonadonning 104 metr kvadrat maydoni yongan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 20 iyun kuni soat 12:50da Boyovut tumani, «Farhod» MFY, Shabnam ko‘chasi 32-uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inga jami 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Dastlabki ekipaj yong‘in joyiga soat 12:55 da yetib borgan va soat 13:40da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan yashash uyining 104 metr kvadrat maydonidagi tom va shift qismi zararlangan. Ko‘rilgan sa'y-harakatlar natijasida xonadonning 400 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Ta'kidlanishicha, yong‘inda hech kim jarohat olmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid