Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda
Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasi bazasida, «Universal» va «Yoshlik» sport majmualarida qayta ochilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Davlat xavfsizlik xizmati balansida bo‘lgan «Yoshlik» sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga tashrif buyurdi. Bu yerda 2 iyul kuni soat 00:00dan boshlab koronavirusga shubha qilingan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun taqsimlash markazi ochiladi.
Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 iyulga o‘tar kechasi «Universal» sport majmuasi negizida 770 o‘rinli taqsimlash markazini ochish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimi dushanba kuni «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasi negizidagi 700 o‘rinli taqsimlash markazi ishini tiklash haqida topshiriq bergan.
Umuman olganda, deyarli 2000 nafar bemor uchun joylar zaxirasi shakllantirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatda 476ta yangi kasallanish holati aniqlanib, 600dan ortiq kishi tuzalgani va 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024