Namanganda 20 yoshli haydovchi sodir etgan YTHda piyoda vafot etdi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 20 yoshli haydovchi sodir etgan YTHda piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 iyul kuni soat 17:50larda, Yangiqo‘rg‘on-Namangan yo‘lining «Radivon» MFYda 5-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro «Neksiya» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmagan. Natijada yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortoq tumanida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:45
Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi jarohatlandi
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:12 / 24.12.2024
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
19:07 / 18.12.2024