O‘zbekiston | 14:31 / 08.07.2021
2192
2 daqiqa o‘qiladi

Nurafshon shahrida sifatsiz go‘sht mahsulotlari sotilishining oldi olindi

Nurafshon shahrida sifatsiz go‘shtni fuqarolarga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Nurafshon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Z.Yu. va N.X.lar oldindan til biriktirib iste'molga yaroqliligi to‘g‘risida ma'lumotnomasi bo‘lmagan 50 kg go‘shtni har bir kilosini 42 ming so‘mdan hisoblab jami 2,1 mln so‘mga fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida Z.Yu.ga qarashli uyning omborxonasida tashkil etilgan yashirin sexdan 386 kg sifatsiz go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid