Jamiyat | 05:55 / 08.07.2021
5952
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro boks kuni nishonlanishi iyuldan avgustga ko‘chirildi

Foto: RIA "Novosti"

Xalqaro boks kuni nishonlanishi 22 iyuldan 27 avgustga ko‘chirildi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlyov ma'lum qildi.

2018 yildan beri ushbu kun butun dunyoda 22 iyulda nishonlanib kelinayotgandi.

“Biz Xalqaro boks kunining 27 avgustga ko‘chirilishi bo‘yicha qaror qabul qildik. Aynan shu sanalarda qachonlardir boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. Biz shu kuni AIBA’ga kiruvchi 203ta davlatning barchasida markaziy maydonlarga sportchilarimiz chiqishini kutmoqdamiz. Joriy yilda Ginness rekordini o‘rnatib, bir vaqtda 75 ming bokschi mashg‘ulot o‘tkazishini istamoqdamiz”, deb ma'lum qilgan Kremlev.

Mavzuga oid