Hindistonda MasterCard kartalarini chiqarish taqiqlab qo‘yildi
Hindistonda MasterCard xalqaro to‘lov tizimiga yangi debet kartalari chiqarish taqiqlab qo‘yildi. Hindiston markaziy banki kompaniya tranzaksiyalar haqidagi ma'lumotni mamlakat ichida saqlash talabini bajarmay, qonunchilikni buzgan deb topgan.
Ma'lum qilinishicha, taqiqlov to‘lov tizimining amaldagi mijozlariga ta'sir qilmaydi.
«Ko‘p vaqt o‘tgani va kompaniyaga yetarlicha imkoniyatlar berilganiga qaramay, MasterCard talablarni bajarmayotgani haqidagi xulosaga keldik», deb aytilgan markaziy bank xabarida.
AQShning to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchi provayderlari bunday qoidalarga qarshi chiqib keladi, chunki bu choralar xorijda biznes yuritish xarajatlarini oshiradi.
Joriy yilda Hindistonda yuqoridagi sabablarga ko‘ra American Express va Diners Club kartalarini chiqarish taqiqlab qo‘yilgandi.
Mastercard hissasiga 2020 yilda Hindistonda plastik kartalar yordamida amalga oshirilgan barcha to‘lovlarning 33 foizi to‘g‘ri kelgan.
Mastercard dunyoning eng qimmat brendlari o‘ntaligiga kiradi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024