Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi
Bugun Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bo‘lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma dastur va loyihalarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.
Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi sharoitida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
18:11 / 12.12.2024