O‘zbekiston | 10:10 / 16.07.2021
2937
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati hokimi koronavirusga qarshi emlandi

16 iyul kuni Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov koronavirusga qarshi emlandi.

Viloyat rahbari dastlab vrach ko‘rigidan o‘tkazildi, tana harorati va qon bosimi o‘lchandi, so‘ngra koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi.

Hokimlik matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, shu kunning o‘zidayoq viloyat hokimi o‘rinbosarlari, rahbarlar va hokimlik xodimlari ham belgilangan tartibda koronavirusga qarshi emlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 15 iyul kuni Xorazm viloyatida 12 bemorda koronavirus infeksiyasi, 75 bemorda pnevmoniya aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan beri, viloyatda COVID-19 kasalligiga chalinganlar 1758 nafarni tashkil etadi. Ulardan 1645 nafari sog‘aygan.

14 iyul kuni Xorazm viloyatida 7519 fuqaro koronavirusga qarshi emlandi. Emlashlarning umumiy soni 250 mingga yaqinlashdi.

Mavzuga oid