Jahon | 11:40 / 26.07.2021
24214
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar sayyoramizda umuman hayot yo‘q bo‘lgan joyni aniqlashdi

Olimlarning ta'kidlashicha, Antarktidadagi Sheklton muzligi yonidagi cho‘l sayyoramizda biror-bir o‘simlik yoki jonzot izlaridan mosuvo bo‘lgan eng quruq joy hisoblanadi.

Science News nashrining xabar berishicha, biologiya doktori Noy Firer boshchiligidagi mikrobiologlar aynan shu cho‘l Yerda hattoki, biror-bir mikroorganizm ham uchramaydigan joy ekanini aniqlashdi.

Olimlar bu yerda o‘zining bardoshliligi bilan ajralib turuvchi mikroorganizmlar ham yashay olmasligining uch omilini topishgan. Bular: kuchli sovuq, sho‘rlangan havo hamda yerning o‘ta quruqligi.

Mutaxassislarning fikricha, bunday keskin sharoitlar hayot vujudga kelishi imkoniyatini batamom yo‘qqa chiqaradi.

Olimlar muzlikdan 200ta tuproq namunasini olishgan va ularni tahlil qilib chiqishgan. Uning natijalariga ko‘ra, ushbu namunalarda eng sodda organizmlarni ham topishning iloji bo‘lmagan.

“Biz steril toza tuproqni aniqladik, deb ta'kidlamayapmiz. Biroq biz ushbu namunalarda hattoki, mikroorganizmlarni ham aniqlay olmaganimiz, bu yerdagi sharoitlar ular faolligining eng oxirgi chegarasi ekanidan darak beradi”, deb ta'kidlab o‘tishgan olimlar.

Mavzuga oid