O‘zbekiston | 20:22 / 03.08.2021
30879
1 daqiqa o‘qiladi

Shuhratbek Abdurahmonov Toshkentda davolanmoqda

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtda Toshkentda davolanmoqda. Uning qanday dardga chalingani va ahvoli qay darajada ekani bo‘yicha aniq ma'lumot yo‘q.

Andijon viloyati hokimi so‘nggi bir necha kun davomida ishga chiqmagan. Kun.uz so‘roviga javoban viloyat hokimligidagi manba Shuhratbek Abdurahmonov ayni paytda Toshkent viloyatidagi sihatgohlardan birida sog‘ligini tiklayotganini ma'lum qildi. Manba hokim koronavirusga chalinib, ahvoli og‘irlashgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham Toshkent shahrida davolanmoqda. U bir oy muqaddam umurtqa churrasi diagnozi bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Mavzuga oid