Navoiyda “Labo” mashinasi yonib ketdi
Navoiy shahridagi AGTKShda “Labo” mashinasida yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, holat 6 avgust kuni soat 09:21 da, Navoiy shahrining Kimyogar mahallasi hududida joylashagan “Zarafshon Fayz Oil” MJChga qarashli AGTKShdan sodir bo‘lgan. Yoqilg‘i quyib chiqish vaqtida “Labo” mashinasi yonib ketgan.
Jalb etilgan 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inni soat 09:23 da o‘rab olib, soat 09:25 da batamom o‘chirgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Oldinroq Navoiyda ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024