Jahon | 13:13 / 10.08.2021
6000
1 daqiqa o‘qiladi
Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Qozog‘iston shimoli-sharqiga yetib keldi
O‘tgan haftada Yoqutistondagi yong‘inlardan chiqqan tutun Pavlodar oblastini qamrab olgani xabar qilingandi.
Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Qozog‘istonning shimoli-sharqiy hududlariga tarqaldi, deb xabar berdi Qozog‘iston gidrometeorologiya markazi.
Meteorologlarning ma'lumot berishicha, 9-10 avgust kunlari Sharqiy Qozog‘iston oblasti hududidagi atmosfera havosida dioksid azot miqdori me'yordagidan ortiq bo‘lgan.
O‘tgan haftada Yoqutistondagi yong‘inlardan chiqqan tutun Pavlodar oblastini qamrab olgani xabar qilingandi.
Hozirda Yoqutistonda 69ta o‘rmon yong‘inini o‘chirishga urinishmoqda. Respublikada hududiy favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024
Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
10:15 / 12.02.2024