Jahon | 18:56 / 18.08.2021
65816
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston elchisi Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan qancha pul o‘g‘irlaganini aytdi

U shuningdek, sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solihni davlat rahbari deb tan oldi.

Foto: Reuters

Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan 169 million dollarni o‘g‘irladi. Bu haqda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Zohir Akbar G‘anining qochishini «davlat va millatga xiyonat» deb atadi.

U shuningdek, sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solihni davlat rahbari deb tan oldi. Elchining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, «prezident yo‘qligida, qochib ketganida yoki vafot etganida» davlatni uning birinchi o‘rinbosari boshqaradi.

Avvalroq TOLOnews telekanali Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘ragani haqida xabar qilgandi.

17 avgust kuni sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih Ashraf G‘anidan farqli o‘laroq mamlakatni tashlab qochmaganini ma'lum qildi va o‘zini Afg‘oniston rahbari deb e'lon qildi

Mavzuga oid