Samsung 3 yil ichida 40 ming ishchi yollaydi
Samsung Electronics kompaniyasi koronavirus pandemiyasidan keyin biofarmatsevtika, sun'iy ong, yarimo‘tkazgichlar va robotlar ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha dasturini taqdim qildi. Kompaniya ushbu dasturga 205 mlrd dollar ajratishga va 3 yil ichida 40 ming kishini yollashga tayyorligini bildirdi.
Ta'kidlanishicha, Samsung “yangi kelajakni ochuvchi kompaniya”ga aylanmoqchi. Dasturga ajratiladigan mablag‘lardan 153,5 mlrd dollari biotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish, sanoat restrukturizatsiyasi, yangi zavodlar qurilishi, kompaniyalar bilan birlashish va ularni qo‘shib olish, kompaniyaning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlash uchun Janubiy Koreyada sarmoya qilinadi.
Dastur e'lon qilingandan keyin kompaniya aksiyalari Seul fond birjasida 3,1 foizga qimmatlagan.
Ushbu rejalar Samsung vitse-prezidenti va norasmiy rahbari Li Je Yon muddatdan oldin ozodlikka chiqarilgandan bir necha kun o‘tib taqdim etildi.
Mavzuga oid
10:57 / 30.12.2024
“Eshiklar har doim ochiladi, faqat ularni taqillatish kerak” – Apple tajribasi o‘zbek ayoli talqinida
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024