O‘zbekiston | 10:32 / 25.08.2021
9656
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik tuzalish holatlari kunlik kasallanish holatlaridan ko‘paydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 834 kishida koronavirus, 357 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 12 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 24 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 151517 (+834) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 85 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 38 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 23 nafari Namangan viloyatida,
  • 86 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 78 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 119 nafari Toshkent viloyatida,
  • 237 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 91 nafar,
  • Andijon viloyatida 226 nafar
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Jizzax viloyatida 41 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 21 nafar,
  • Samarqand viloyatida 63 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 64 nafar
  • Surxondaryo viloyatida 18 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 67 nafar,
  • Xorazm viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent viloyatida 109 nafar,
  • Toshkent shahrida 133 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 144304 (+909) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etib, pandemiya boshidan buyon O‘zbekistonda rasmiy statistika bo‘yicha ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 1043 nafarni tashkil qilgani haqida xabar berdi.

Shuningdek, 24 avgust kuni 357 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 21791taga yetdi. Kecha ularning 325 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 14328 nafarni tashkil qilmoqda.

4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 152 nafarga yetdi.

Mavzuga oid