Sport | 18:54 / 25.08.2021
13977
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida dastlabki medalni qo‘lga kiritdi

25 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahrida XVI Paralimpiya o‘yinlarida musobaqalar start oldi. Dastlabki kungi bahslarda besh nafar o‘zbekistonlik suzuvchi ishtirok etdi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish (S12 klass) musobaqasida Islom Aslanov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi uchun Tokio o‘yinlaridagi ilk medal bo‘ldi. Oltin medalni Belarus vakili Ihar Boki qo‘lga kiritdi, kumush medal ukrainalik Oleksii Virchenkoga nasib etdi. 

Xuddi shu yo‘nalishda qatnashgan Muzaffar Tursunxo‘jayev marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi. 

Ayollar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish (S13 klass) bahslari finalida Shohsanamxon Toshpo‘latova to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U saralash bahslarini birinchi o‘rin bilan yakunlagandi.

Mazkur yo‘nalishda qatnashgan Nigoraxon Mirzohidova va Muslima Odilova esa saralashdan o‘ta olmagandi.

Mavzuga oid