Jahon | 17:09 / 26.08.2021
16002
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingi e'lon qilindi

Toronto / Foto: Digital Vision/Getty Images

Kopenhagen barcha omillar yig‘indisi bo‘yicha 82,4 ball to‘plab birinchi o‘rinni oldi. Undan keyingi o‘rinlarga Toronto (82,2) va Singapur (80,7) joylashdi.

Kopenhagen dunyodagi eng xavfsiz 60 shahar ro‘yxatida birinchi o‘ringa joylashdi. The Economist Intelligence Unit tahlilchilari tuzadigan ushbu reyting 2015 yildan buyon har ikki yilda e'lon qilinadi va shu paytgacha har safar Tokio birinchi o‘rinni egallab kelardi.

Reytingni tuzishda shaharlar besh toifadagi 76 ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar raqamli ma'lumotlar, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, shaxsiy va ekologik xavfsizlik kabi omillarni o‘z ichiga oladi.

Kopenhagen barcha omillar yig‘indisi bo‘yicha 82,4 ball to‘plab birinchi o‘rinni oldi. Undan keyingi o‘rinlarga Toronto (82,2) va Singapur (80,7) joylashdi.

Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Sidney, Tokio, Amsterdam, Vellington, Hongkong, Melburn va Stokholm kiritildi.

Reytingni Pokistonning Karachi (39,7 ball) va Myanmaning Yangon (39,5) shaharlari yakunlab bergan. Nyu-York AQShdagi eng xavfsiz shahar deb e'tirof etilgan (11-o‘rin), Xitoyda esa Shanhay (30-o‘rin).

Chili poytaxti Santyago (33-o‘rin) Lotin Amerikasidagi, JARning Yohannesburg (47-o‘rin) shahri Afrikadagi eng xavfsiz shahar deb topildi.

Mavzuga oid