Jahon | 16:18 / 26.08.2021
23981
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Abdulla va Karzayni uy qamog‘ida saqlamoqda – OAV

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Karzayning avtomobilini musodara qilgan va uning tansoqchilaridan qurollarni olib qo‘ygan.

Foto: Reuters

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzayni qo‘riqchilaridan mahrum qildi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda, deb yozadi TASS.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Karzayning avtomobilini musodara qilgan va uning tansoqchilaridan qurollarni olib qo‘ygan.

Shundan so‘ng sobiq davlat rahbari Abdulla Abdullaning uyiga ko‘chib o‘tgan. Ma'lumot berilishicha, chorshanba kuni uning uyida tintuv o‘tkazilgan. 

CNN telekompaniyasining qayd etishicha, Karzay va Abdulla hozirda amalda uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.

O‘tgan haftada Hamid Karzay va Abdulla Abdulla toliblar nomidan panjsherliklar bilan muzokara o‘tkazishgandi.

Mavzuga oid