Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy ombordagi portlashlardan so‘ng iste'fo berdi
Nurlan Yermekbayevning o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste'fosini qabul qildi, deb xabar berdi To‘qayevning matbuot kotibi Beria Uali.
«Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi», — deb yozdi Uali Facebook sahifasida.
Yermekbayev Qozog‘iston janubidagi harbiy qism omborida yuz bergan portlashlardan so‘ng iste'foga chiqdi.
TASSning xabar berishicha, Yermekbayevning o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinlandi.
26 avgust kuni Jambil oblasti Bayzak rayonida joylashgan 28349-harbiy qism omborida sodir bo‘ldi.
Portlash va yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish vaqtida 15 kishi halok bo‘lgan va 100ga yaqin kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
17:59 / 23.12.2024
Mudofaa vaziri O‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024