Jamiyat | 12:15 / 06.09.2021
25536
1 daqiqa o‘qiladi

Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari 51 yoshida vafot etdi

U so‘nggi kunlarda og‘ir dard bilan kurashib kelgan va Toshkentda gematologiya markazida davolanishda bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Saodat Mirzayeva 1969 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. U mehnat faoliyati davomida maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tarbiyachi, o‘qituvchi, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2020 yil 26 iyundan buyon Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid