O‘zbekiston | 14:34 / 10.09.2021
2082
1 daqiqa o‘qiladi

Alimentdan qarzdor ota 6 oyga qamaldi 

Fuqaro R.J. bir emas, uch marotaba uylanib, turli sabablarga ko‘ra, ajrashgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning buyrug‘iga asosan birinchi turmush o‘rtog‘i foydasiga bir nafar, ikkinchi turmush o‘rtog‘ining foydasiga esa uch nafar, uchinchi turmush o‘rtog‘ining foydasiga bir nafar, — jami 5 nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadidan aliment undirish belgilangan. 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qarzdor otaga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ota surunkasiga aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab keladi. Qarzdorlik esa qo‘shib hisoblaganda salkam 60 mln so‘mni tashkil etgan. 

Qarzdor otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid