Namanganda yuk avtomobillari ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Joriy yilning 10 sentabr kuni soat 04:30larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 250-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YHXBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J.A. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zidan oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Q.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 11.01.2025
Namanganda litsenziyasiz Umra tadbirini tashkil etgan firma jarimaga tortildi
16:20 / 06.01.2025
Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024