Ispaniya bosh vaziri vulqon otilishi sababli AQShga safarini qoldirdi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Kanar orollari tarkibiga kiruvchi Palma orolida vulqon otilishi boshlangani sababli AQShga safarini qoldirdi.
“Palma orolidagi vaziyatni hisobga olib, hukumat rahbari bugun Nyu-Yorkka belgilangan safarini bekor qilib, kechasi voqealar avj olishini kuzatish uchun Kanar orollariga jo‘naydi”, deb aytilgan Sanches matbuot xizmatida.
19 sentyabrda ertalab orolning El-Paso aholi punkti yonida vulqon otilishi boshlangan. Vulqon krateridan vulqon materiallari faol otilmoqda. 85 mingga yaqin odam yashaydigan orolda aholi evakuatsiyasi boshlangan.
Ispaniya aeronavigatsiya boshqarmasi vulqon otilishi sababli aviakompaniyalarga Kanar orollarining 3ta oroli – Palma, Gomera va Iyerroga parvozlardan tiyilishni tavsiya qilgan.
Avvalroq Kanar orollarining vulqonshunoslik instituti orolda seysmik faollik kuchaygandan keyin tabiiy ofat yaqinlashayotganidan ogohlantirgan. Vulqon otilishidan oldin orolda kuchli zilzila qayd qilingan. Birinchi yer silkinishlari orolda 11 sentyabrda boshlangan. Buning natijasida orolning kimsasiz hududida vulqon yuzaga kelgan.
Ta'kidlanishicha, Palmada oxirgi marta vulqon otilishi 1971 yilda qayd qilingan.
Mavzuga oid
18:59 / 24.12.2024
Havayidagi Kilauea vulqoni harakatga keldi
19:07 / 21.11.2024
Islandiyadagi vulqon bir yil ichida yettinchi marta otildi - fotosuratlar
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
18:34 / 04.11.2024