O‘zbekiston | 10:30 / 19.09.2021
4765
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 600dan kam, yana besh bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 579 kishida koronavirus, 109 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 5 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 18 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168437 (+579) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:
34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
11 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
13 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
40 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Sirdaryo viloyatida,
18 nafari Surxondaryo viloyatida,
42 nafari Farg‘ona viloyatida,
23 nafari Xorazm viloyatida,
106 nafari Toshkent viloyatida,
249 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kunlik holatlar pasaya boshladi, bu so‘nggi besh kundagi eng past ko‘rsatkichdir - 14 sentabr kuni 604, 15 sentabr kuni 619, 16 sentabr kuni 624, 17 sentabr kuni esa 590ta yangi holat aniqlangandi. Bundan oldingi eng past ko‘rsatkich 13 sentyabrda qayd etilib, bir kunda 531 kishida virus aniqlangandi.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38 nafar, 
  • Andijon viloyatida 49 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 36 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 84 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 43 nafar,
  • Toshkent viloyatida 210 nafar,
  • Toshkent shahrida 239 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 162055 (+780) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 4 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1188 nafarni tashkil qilmoqda.

18 sentabr kuni 109 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 26177taga yetdi. Kecha bemorlarning 478 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 22314 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 214 nafarga yetdi.

Mavzuga oid